Samarqand tumanidagi "Shohpo‘lat" fermer xo‘jaligi a’zolari Chumchuqli mahallasida yashovchi kam ta’minlangan Sharif Jalilov xonadoniga bir bosh sigir tuhfa etdi, deb yozmoqda "Sof.uz" sayti.
"Ta’kidlash lozimki, tumandagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ana shunday xayrli ishga qo‘l urib, shu hududda yashayotgan 35 nafar kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga bir boshdan qoramol tuhfa etmoqda", — deyilgan xabarda.
Nashr shuningdek, Navro‘z ayyomi kunlarida Past Darg‘om tumani Qo‘shquduq mahallasida istiqomat qiluvchi To‘xta boboning xonadoniga jamoatchilik vakillari kelib, bayram bilan qutladi hamda Prezident sovg‘asini topshirgani haqida xabar qilgan.
"Uch yildirki sog‘lig‘im yaxshi emas, to‘shakka mixlanib qoldim, – deydi To‘xta bobo. – Qarichilik deymiz-u ammo mehnat qilib yurgan odam birdan yotib qolsa, yomon ta’sir ko‘rsatarkan. Allohga shukur, mahalla ahli holimdan xabar olib turibdi. Ayniqsa, bayram kunlarida Prezidentimiz nomidan sovg‘a kelgani ko‘nglimni ko‘tardi, bunday e’tibordan xursand bo‘ldik".
"Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi vakili S.Begimqulovning aytishicha, o‘n bir turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasidan tarkib topgan sovg‘a-salom tumandagi 67 ta kam ta’minlangan oila hamda 19 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari oilalariga etkazib berilgan.
Samarqand viloyatidagi 928 ehtiyojmand oila, urush va mehnat faxriylariga shunday sovg‘a-salomlar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi