Video: Tramp tarafdorlari va raqiblari mushtlashishdi

Video: Tramp tarafdorlari va raqiblari mushtlashishdi
Internet tarmog‘ida AQSh prezidenti Donald Trampning tarafdorlari va raqiblari o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan video paydo bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Hodisa Kaliforniya shtatining Hantington-Bich shahrida ro‘y bergan. Mushtlashuvga qora niqobli kishining qalampirli balonchadan Trampni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aksiya tashkilotchisi yuziga sepgani sabab bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida ikki kishi jabrlangan. Jahl otiga mingan odamlar to‘dasini polisiya tarqata olgan. Ular 6 kishini hibsga olgan. Ularning barchasi prezidentga qarshilar guruhidan bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bu Tramp tarafdorlari va raqiblarining ilk to‘qnashuvi emas. Shunga o‘xshash hodisalar uning inauguratsiyasidan beri davom etib keladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar