14:24 / 29.03.2017
6 000

“O‘rikzor” bozorida bir necha yuz million so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

“O‘rikzor” bozorida bir necha yuz million so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi
Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB xodimlari o‘ta katta miqdorda amalga oshirilgan o‘g‘irlikni fosh qilishdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Uch nafar buxorolik fuqarolar bozor omborxonalaridan mollarni o‘g‘irlab, ularni pullash uslubini o‘ylab topgan.

"O‘g‘rilar omborxonaga tunda kelishgan. Qorovullar esa ular konteyner egalari bo‘lganiga ishonchi komil bo‘lgan va ularni o‘tkazib yuborgan. Jinoyatchilar omborxonaga kirib, biror konteyner qulfini ochib, narsalarini yuk mashinasiga ortib, konteynerni esa yana qulflab ketaverishgan. Shunday ishlar bir necha oy davom etgan. O‘g‘rilar asosan qurilish mollari, texnika va elektronika saqlanayotgan omborxonalarni tanlab olishgan. Shuningdek ular avtomobil ta’miri uchun kerakli qimmatbaho mahsulotlarni ham o‘g‘irlashgan", — deb hikoya qilib bergan Uchtepa tuman IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Jafar Amonov.

O‘g‘irlangan mollarni jinoyatchilar yarim bahoda Toshkentning boshqa bozorlarida sotishgan yoki Buxoro viloyatiga jo‘natishgan.

Qizig‘i shundaki, ushbu ish yuzasidan qidiruv ishlari jabrlanganlar arizasi tufayli emas, hududni nazorat qilayotgan huquqni saqlash organlari xodimlari tashabbusi bilan boshlangan.

Dastlab "O‘rikzor" bozorida paydo bo‘layotgan juda arzon mollar tezkor-qidiruv xodimlarining diqqatini tortgan. Keyin ular konteyner egalaridan yo‘qolgan mahsulot haqida so‘rab surishtira boshlashgan. Konteyner egalari mahsulotlarini qayta sanab chiqib, yo‘qolgan mahsulotlarini aniqlashgan. Shundan keyin milisiyaga bir necha ariza kelib tushgan.

"Eng katta zarar avtomobil ta’mirlashda ishlatiladigan lak-bo‘yoq mahsulotlari sotuvchilariga etkizilgan — 122 mln. so‘m. Shuningdek bir necha yuz millionlik televizorlar, isitgichlar, kondisionerlar va qurilish mollari o‘g‘irlangani aniqlangan," — degan tergovchi.

Jinoyatchilar qo‘lida bo‘lgan telefonlar orqali o‘g‘irlangan mollarni sotib olgan barcha sotuvchilar ham aniqlangan. Ularning Telegram messenjeri orqali olib borgan suhbatidan xaridorlar ushbu mahsulotlarning kelib chiqishidan xabardor bo‘lgani aniqlangan. Shu sababli xaridorlar ham ushbu jinoiy ish ishtirokchilariga aylangan.

Jinoy guruhning barcha a’zolariga bir necha yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘rikzor” bozorida bir necha yuz million so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi