00:09 / 30.03.2017
6 373

Shimoliy Irlandiyada Coca-Cola idishlarida inson faoliyati chiqindilari aniqlandi

Shimoliy Irlandiyada Coca-Cola idishlarida inson faoliyati chiqindilari aniqlandi
Shimoliy Irlandiya polisiyasi Coca-Cola korporasiyasining Lisbern shahrida joylashgan zavodida sanitar me’yorlarning buzilish holati bo‘yicha tergovgacha tekshiruvni boshladi. Bu haqda Irish Examiner nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Tekshiruv o‘tkazilishiga esa korxonaga kelgan alyumin bankalarda "inson faotiyati chiqindilari" aniqlangani sabab bo‘lgan.

Ishlab chiqarish texnologiyasi jiddiy buzilgani sababli zavod faoliyati to‘xtatilgan. Ushbu holatni tergov qilgani Shimoliy Irlandiya oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi agentligining mahalliy sanitar-epidemiologik xizmati mutaxassislari kirishishgan. Ma’lum qilinishicha, idishlar taxmin qilinishicha, Germaniyada ishlab chiqarilgan.

Zavod ma’muriyati ifloslangan ichimlik sotuvga chiqarilmaganini aytgan. "Biz mahsulotlarimizning sifati va xavfsizligiga jiddiy e’tibor beramiz. Muammo sifatni qat’iy nazorat qilish jarayoni tufayli darhol aniqlangan", deb ma’lum qilgan kompaniya matbuot xizmati.

Nashrning ta’kidlashicha, barcha yaroqsiz mahsulot musodara qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shimoliy Irlandiyada Coca-Cola idishlarida inson faoliyati chiqindilari aniqlandi