Avvalroq Samarqand viloyatida aholi gaz ta’minoti tashkilotlaridan gazdan ulkan «qarzlari» mavjudligi haqida kvitansiyalar olayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘tgan bir necha kun davomida "O‘zdavneftgazinspeksiya" mutaxassislari Samarqandda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashib ularni qiynayotgan muammolar va gazdan noreal qarzdorlik kelib chiqish sabablarini aniqlashdi, Bu haqda Sof.uz sayti yozmoqda.
Ushbu uchrashuv va tekshiruvlar natijasida "O‘zdavneftgazinspeksiya" xodimlari tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan bir necha "gaz o‘g‘ri"larini aniqlashdi.
Xususan, oxirgi oylar davomida o‘tkazilgan reydlar vaqtida gaz tarmoqlariga noqonuniy ulangan 100 nafar iste’molchi aniqlandi. Ular tomonidan 2 million 374,4 ming metr/kub tabiiy gaz noqonuniy sarflanib, davlatga 584 million 134,7 ming so‘mlik zarar etkizilgan.
"O‘zdavneftgazinspeksiya"ning Samarqand hududiy bo‘limi bosh texnologi Ikrom MAXSUMOV xabariga ko‘ra, Samarqand shahridagi Aeroport ko‘chasida faoliyat yuritayotgan "Asadbek plyus fayz baraka" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli korxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan holda g‘isht ishlab chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi. Korxona bu "ish"i bilan 117 million 109,7 ming so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy ravishda yoqqan.
Past Darg‘om tumani Kimyogarlar shaharchasi sanoat hududida yashovchi A.Nazarov esa 30 sotixlik issiqxonasi uchun tarmoqqa noqonuniy ulanib, 23 million 311,3 ming so‘mlik gaz yoqqan.
O‘tkazilgan tekshirulardan keyin bunday egri yo‘l tanlagan "tadbirkor"larning barchasi gaz tarmog‘idan uzildi, hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. 135 million 708,3 ming so‘mlik gaz iste’moli haqi undirildi va yuqoridagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yib berganligi uchun o‘sha hududda faoliyat ko‘rsatayotgan nazoratchi xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi