09:32 / 01.04.2017
6 401

AQSh rulda SMS yozish 13 kishining umriga zomin bo‘ldi

AQSh rulda SMS yozish 13 kishining umriga zomin bo‘ldi
Amerikaning Texas shtatida Baptistlar cherkovining mikroavtobusi bilan to‘qnashib ketgan pikap haydovchisi YTHdan avval telefon orqali qisqa matnli xabarlarni yozgan. O‘sha mudhish hodisa oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Agentlikka ko‘ra, YTH shohidi Jodi Kuchler pikapning ortida harakatlangani, bu vaqtda pikap yo‘lda u yoqdan bu yoqqa borib kelgani haqida hikoya qilgan. Kuchlerning aytishicha, u YTHdan so‘ng, pikap haydovchisi bilan suhbatlashganida, aybdor mashina boshqarayotganda SMS yozganini tan olgan.

Baptistlar cherkoviga tegishli avtotransport vositasi va pikap o‘rtasidagi to‘qnashuv 29 mart kuni sodir bo‘lgan. Polisiya m’lumotlariga ko‘ra, cherkov mashinasida 14 nafar keksa yoshdagi kishi, pikapda faqat haydovchi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh rulda SMS yozish 13 kishining umriga zomin bo‘ldi