Elektr energiyadan bo‘lgan qarzdorlik sababli, avtomashina xatlandi

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 25.07.2025 yildagi qaroriga ko‘ra, “S.S.H.” fermer xo‘jaligidan “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi foydasiga 49,3 mln. so‘m qarzdorlik undirilishi belgilangan. Qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lanmagani sababli xo‘jalikka tegishli “Volswagen” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan. Hozirda avtomashinani baholash va auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 25.07.2025 yildagi qaroriga asosan qarzdor “S.S.H.” fermer xo‘jaligidan “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi foydasiga 49,3 mln. so‘m elektr energiyasidan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari Majburiy ijro byurosining Guliston tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan.
Ijro hujjati talabini ixtiyoriy ravishda bajarish yuzasidan qarzdorga muddat berilib, bajarmaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Biroq, belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, qarzdor xo‘jalikka tegishli “Volswagen” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda mazkur avtotransport vositasini baholash va auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.































Izohlar 0
…