19:00 / 04.04.2017
7 092

2016 yilda 9,5 mingdan ortiq jismoniy shaxs mol-mulkini noqonuniy ravishda ijaraga bergan

2016 yilda 9,5 mingdan ortiq jismoniy shaxs mol-mulkini noqonuniy ravishda ijaraga bergan
O‘tgan 2016 yilda 9553 nafar jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulkini noqonuniy ravishda ijaraga berish holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu fuqarolarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida 801 nafar fuqaro ko‘chmas mulklarini (turar va noturar joy)larni tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan ijaraga berganligi aniqlangan.

Soliq kodeksining 192-moddasida deklarasiya qilinishi shart bo‘lmagan daromadlarni olgan jismoniy shaxslar jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklarasiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkinligi belgilangan.

Jismoniy shaxslar to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga qo‘llanilmagan imtiyoz summalarini doimiy yashash joyidagi soliq organlari taqdim etiladigan jami yillik daromadlari haqidagi deklarasiyalari asosida soliqqa tortilmaydigan daromadlarini soliq solingan daromadlardan chegirish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2016 yilda 9,5 mingdan ortiq jismoniy shaxs mol-mulkini noqonuniy ravishda ijaraga bergan