7 489
Prezident Virtual qabulxonasiga Yakkasaroy tumani bo‘yicha 6000 dan ortiq murojaat kelib tushgan
Kecha, 5 aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan Sergeli va Yakkasaroy tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari, davlat organi xodimlari, tegishli idora rahbarlari hamda muammosi mavjud bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarigacha tuman aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 4 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga mamlakat fuqarolari va tabdirkorlaridan Yakkasaroy tumani bo‘yicha jami 6236 murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2807 tasi jismoniy shaxslardan hamda 429 tasi yuridik shaxslarga tegishlidir.
Ayni damda murojaatlarning 5592 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 644 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda.
Murojaatlarning 1046 tasi uy-joyga muhtojlik to‘g‘risida, 508 tasi bank-moliya masalalari bo‘yicha, 440 tasi sudlarga oid bo‘lib, shuningdek, fuqarolikni qabul qilish, propiskaga o‘tish, ish bilan ta’minlanish, ish haqi, pensiya, issiqlik ta’minoti, ta’lim, transport masalalari yuzasidan bir qancha murojaatlar kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi