11:14 / 06.04.2017
6 863

Sayyor qabullarda xalq o‘z muammosini ochiq aytishga o‘rgandi

Sayyor qabullarda xalq o‘z muammosini ochiq aytishga o‘rgandi
Kecha, 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri Yunusobod va Olmazor tumanlaridagi Xalq qabulxonalari tomonidan aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimlari, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Er resurslari, geodeziya va kartografiya davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, “O‘ztransgaz”, “JM-O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi, sud idoralari rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tuman aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yilning 4 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga Yunusobod tumani aholisidan 20 389 ta murojaat yuborilgan. Shundan 19 607 tasi jismoniy shaxslardan, 782 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 18 136 tasi (89 foizi) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, hozirda 2 253 ta (11%) murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida.

Olmazor tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 16 640 tani tashkil qiladi. Shundan, 15 962 tasi jismoniy shaxslardan, 678 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 14 793 tasi (88,9%) ko‘rib chiqilgan bo‘lib, hozirda 1 847 ta (11,1%) murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida.

Sayyor qabulda tumanlar fuqarolari tomonidan yo‘llangan 200 dan ziyod murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi. Fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli sohalarga mas’ul bo‘lgan rahbarlarga bevosita murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida echimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayyor qabullarda xalq o‘z muammosini ochiq aytishga o‘rgandi