Abdulaziz Komilov Sergey Lebedev bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Sergey Lebedev bilan uchrashdi
Bugun, 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov MDH TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Axborot xizmatiga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

Suhbat davomida MDH ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlari rahbarlari kengashining 7 aprel kuni bo‘ladigan yig‘ilishi kun tartibi va boshqa ishchi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va MDH o‘zaro hamkorligining amaliy jihatlari bo‘yicha ham fikr almashildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar