
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mart oyida 137 ta holat aniqlangan va jami 2 kilodan ortiq giyohvandlik vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan.
Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lumot berildi. Hafta davomida esa 22 ta holat aniqlanib, 37 gramm marixuana, 4 gramm gashish giyohvandlik vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Shuni alohida aytib o‘tish lozimki, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida mart oyi davomida qidiruvdagi 14 nafar shaxs ushlangan, 4 ta hujjatni qalbakilashtirish jinoyati aniqlangan, 2 ta pnevmatik to‘pponcha, 1 ta pnevmatik miltiq va 1 ta taqiqlangan diniy adabiyotlar olib kirilishi aniqlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar