12:13 / 13.04.2017
7 505

Pensionerlarning shaxsiy kartochkalari elektron formatga o‘tkazildi

Pensionerlarning shaxsiy kartochkalari elektron formatga o‘tkazildi
Moliya vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2657-2, 2017 yil 4 aprel) bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Shaxsiy kartochkalar (pensiya tayinlash bo‘yicha komissiyaning qarori asosida shaxsga tayinlangan pensiya va nafaqa to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd qilinadigan hujjatlar) endi faqat elektron tarzda yuritiladi va axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, pensiya va nafaqalarning bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish endilikda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi.

Pensionerlar va nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga mablag‘lar kirim qilingan sana, pensiya va nafaqalar to‘langan sana deb topilishi alohida ta’kidlangan.

Unga mablag‘lar pensionerlar va nafaqa oluvchilar vafot etgan sanadan so‘ng kirim qilingan hollarda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari ularni vafot etganlarning hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lar hisobidan qaytarish to‘g‘risida tegishli tijorat banklari filiallariga xat yuborish orqali qaytarish choralarini ko‘radi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensionerlarning shaxsiy kartochkalari elektron formatga o‘tkazildi