Toshkentdagi do‘konlarda Whatsapp, Telegram va Viber muzqaymoqlari paydo bo‘ldi


Whatsapp, Telegram, Viber va Odnokashniki deb nomlangan muzqaymoqlarning suratlari “Jamoatchilik nazorati” guruhida paydo bo‘ldi, deb yozmoqda kun.uz.
Internet foydalanuvchilari Odnokashniki bu – Odnoklassniki (ijtimoiy tarmoq nomi) bo‘lishi kerakligini aytib, ishlab chiqaruvchilarning xatosini qayd etishmoqda.
Bunday muzqaymoqlarning ishlab chiqaruvchilari hozircha ma’lum emas. Ular o‘z mahsulotlarini ommabop mobil ilova va ijtimoiy tarmoqlar nomi bilan atab, xaridorgir bo‘lishni ko‘zlashgani taxmin qilinmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…