O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 14 aprel kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.
Jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan Samarqand avtomobil zavodi, “JV Man Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasida o‘nlab turdagi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. “British-Amerikan tobakko”, “Sam Antep Gilam”, “UrgGazKarpet”, “Amin Invest”, “Daka Teks”, “Agromir Samarqand” qo‘shma korxonalari, "Sino", “Samarqandkimyo” aksiyadorlik jamiyatlari, “Sharq sanoati” xususiy konserni singari yirik ishlab chiqarish quvvatlari viloyatning iqtisodiy rivojiga muhim hissa qo‘shmoqda.
2016 yilda yana 19 qo‘shma korxona tashkil etilgan va viloyat bo‘yicha ularning soni 263 taga etgan. Viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 195 million dollarni tashkil etgan. Eksport hajmi 2015 yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshgan.
Bu ko‘rsatkichlar Samarqandning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida ham namoyon bo‘lmoqda. 2016 yilda yalpi hududiy mahsulot 8,7 foiz o‘sgani shundan dalolat beradi.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish va modernizasiyalash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2016 yilda 2838 ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, 9079 gektar maydonda intensiv bog‘ va 1000 gektar erda tokzor tashkil etilgan. Ushbu sohada 11 ming 349 ish o‘rni yaratilgan.
Bugungi kunda sabzavotning 33 foizi, mevaning 38 foizi, sutning 34 foizi, go‘shtning 27 foizi viloyatdagi mahalliy korxonalarda qayta ishlanmoqda. Bunday o‘sish sur’atlari odamlarning turmush sharoitida, viloyatdagi shahar va qishloqlar qiyofasida namoyon bo‘lmoqda.
Turizm Samarqand viloyati iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda turistik resurslardan oqilona foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli bugungi kunda Samarqandda yuzdan ortiq mehmonxona va 80 dan ortiq sayyohlik firmasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yildan-yilga ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaymoqda.
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi. Prezidentimizning Samarqandga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi