
O‘zbekiston prezidentining 17 fevraldagi PF-4960 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik liseylar, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Pensionerlarni ishga qabul qilish ularni yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalash jarayoniga yanada kengroq jalb etish maqsadida amalga oshiriladi.
Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar harbiy-akademik liseyda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pensionerlar harbiy-akademik liseylarning bo‘sh (vakant) direktori lavozimlariga, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilari lavozimlarida ishlashlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar