
Toshkent ko‘chalaridagi ayrim svetaforlar nosoz bo‘lsada, ularga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Masalan, Shayxontohur tumani, "Gulzor" ko‘chasi chorrahasida joylashgan svetaforning yashil chirog‘idan boshqasi umuman yonmaydi. Biroq, kuzatuv kamerasi bor. Yashil yonmagan vaqtda svetaforni nosoz deb o‘ylash mumkin. Bu albatta, haydovchini chalg‘itadi.
Lekin shunga qaramasdan kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan. Noaniq svetafor haydovchini adashtiradi, kamera esa million-million jarimalarni qayd etaveradi. Insof bormi o‘zi, deging keladi. Shahar bo‘ylab bunday "cho‘loq" svetaforlar talaygina. Yo‘l chiziqlari esa "o‘yla, izla, top" qabilida. Nima ham derdik, haydovchilarga sabr, kameralarga insof tilab qolamiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.