23:42 / 22.04.2017
14 282

Alisher Usmonovning rafiqasi va Alina Kabaeva Toshkentga tashrif buyurishdi

Alisher Usmonovning rafiqasi va Alina Kabaeva Toshkentga tashrif buyurishdi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi bo‘lmish Irina Viner Samarqandda tug‘ilib-o‘sgan bo‘lib, badiiy gimnastika bo‘yicha uch marta O‘zbekiston chempioni hisoblanadi

Kecha Toshkentdagi gimnastika saroyida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalarining navbatdagi bosqichi boshlandi, deb xabar bermoqda nuz.uz. Jahon kubogi musobaqalarida badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi ham qatnashmoqda. Toshkentga jamoa bilan birgalikda jamoa bosh murabbiyi va Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi prezidenti Irina Viner ham tashrif buyurdi.

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi bo‘lmish Irina Viner Samarqandda tug‘ilib-o‘sgan bo‘lib, badiiy gimnastika bo‘yicha uch marta O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. Irina Viner 1992 yildan buyon Moskvada istiqomat qiladi va 2001 yildan beri Rossiya badiiy gimnastika terma jamoasiga bosh murabbiylik qilib keladi.

Toshkentdagi musobaqalarning rasmiy ochilish marosimiga faxriy mehmon sifatida Alina Kabaeva ham tashrif buyurdi. Alina Toshkentda tug‘ilgan bo‘lib, badiiy gimnastika bilan shu erda shug‘ullana boshlagan. 1995 yilda Moskvaga ko‘chib ketgan va Irina Viner qo‘l ostida faoliyatini davom ettirgan. Alina Kabaeva olti bor Rossiya hamda bir necha bor Evropa, Jahon va Olimpiada chempioni unvonlariga sazovor bo‘lgan. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi bosqichida dunyoning 19 mamlakatidan 90 nafar eng kuchli gimnastikachilar chempionlik uchun bahslashadilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonovning rafiqasi va Alina Kabaeva Toshkentga tashrif buyurishdi