Joriy yilning 19‒26 aprel kunlari Eron Islom Respublikasida XXXIV Xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda. Eronda o‘tayotgan ushbu Xalqaro Qur’on musobaqasida 74 davlatdan 283 nafar qatnashchi ishtirok etmoqda. 2017 yilgi xalqaro bellashuv besh yo‘nalishda olib borilmoqda:
1. Erkaklar o‘rtasida;
2. Ayol-qizlar o‘rtasida;
3. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida;
4. Diniy madrasalarning talabalari o‘rtasida;
5. Ko‘zi ojizlar o‘rtasida.
Musobaqa Eronning bir necha shahrida o‘tkazilmoqda. Xorijiy mehmonlar soni - 400dan ziyod. Tadbir mahalliy kanallarda efirga uzatilmoqda.
Xalqaro Qur’on tanlovida ikki o‘zbekistonlik ishtirok etmoqda. Ulardan biri Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi "Abu Hurayra" jome masjidi imom-noibi Saidov Xudoyqul qori Qur’oni Karimni to‘la hifz etish yo‘nalishi bo‘yicha, ikkinchilari "Aziz ota" jome masjidi imom-noibi Aminov Muhammad Loyiq qori qiroat yo‘nalishi bo‘yicha qatnashmoqda. Ta’kidlash joizki, hamyurtimiz Aminov Muhammad Loyiq Qur’on musobaqasini birinchi bo‘lib boshlab bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi