O‘zbekistonlik traktor haydovchisiga soxta sertifikat olgani uchun sakkiz yillik qamoq jazosi berildi. U o‘zini vrach deb tanishtirib, yarim million dollar ishlagan. Bu haqda “RIA Novocti” nashriga tayanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Buxoro viloyatining Olot tumanidagi qishloqlarning birida traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan Qahramon Po‘latov Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “berilgan” Butunjahon xalq tabobati, shiforkorlari va psixologlari assosiasiyasining sertifikatini soxtalashtirgan.
Firibgar bir yil oldin xususiy klinika ochgan. Qarindoshlarini ishga olgan. Tergov natijalariga ko‘ra, foyda qilingan daromad 1,8 milliard so‘mni (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha taxminan 500 ming dollar) tashkil etdi.
Buxoro viloyat sudi Po‘latovga eng kam ish haqqining 150 barobarida (taxminan olti ming dollar) jarima va 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi. Uning sherigi esa qidirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi