O‘ylamay gapirgani uchun Yaponiyaning tabiiy ofatlardan keyin tiklash ishlari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik rahbari Masaxiro Imamura lavozimidan ayrildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
U 2011 yilda sodir bo‘lgan sunami oqibatida keltirilgan zarar 227 milliardni tashkil qilgani haqida gapirayotganda, “Yaxshiyamki, bu voqea Toxokuda ro‘y berdi, agar poytaxtga yaqin joyda sodir bo‘lganda bundan ham ko‘proq zarar ko‘rishimiz mumkin edi”, degani oppozisiya va matbuotda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Uning bu gapi tabiiy ofatdan jabrlanganlarga nisbatan hurmatsizlik, deb qabul qilindi. Vazir o‘ylamay gapirgan gapi uchun uzr so‘rab, iste’foga chiqish uchun ariza yozdi.
“Yaponiyaning shimoliy hududida yashovchi aholidan ularga nisbatan hurmatsizlik qilganim, ko‘ngillarini og‘ritganim uchun uzr so‘rayman. Bunga o‘ylamay gapirgan gapim sabab bo‘ldi. Sizlardan chin dilimdan kechirim so‘rayman!” dedi sobiq vazir Masaxiro Imamura.U o‘zining o‘ylamay gapirgan gapi uchun bosh vazir Sindzo Abedan ham uzr so‘radi.
2011 yilning mart oyida Yaponiya qirg‘oqlarida ro‘y bergan sunami oqibatida “Fukusima-1” AESida halokat yuz berib, 18 kishi halok bo‘lgan, 300 mingdan ortiq aholi esa o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi