Zangiotada 10 kgdan ortiq kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 10 kilogrammdan ortiq kumushni noqonuniy sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro 13 ta quyma ko‘rinishidagi 10 kg 35 gramm kumushni 20,8 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan kumushning qiymati 235 million 229 ming so‘mni tashkil etgan.
Tekshiruvlarda gumonlanuvchi zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxona xodimi ekani aniqlangan. Shuningdek, korxonada 58 kg kumush va 2,2 kg oltin ham borligi ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…