Prank ortidan muammo: o‘zbekistonlik bloger Moskvada ushlandi

Rossiyada o‘zbekistonlik bloger noodatiy va bahsli kontent sabab huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, u ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar tayyorlash maqsadida ataylab yo‘lovchilarni bezovta qilgan.
Bloger jamoat joylarida begona insonlarning ichimliklaridan ichib, turli noqulay vaziyatlar va mojaro keltirib chiqaruvchi harakatlarni amalga oshirgan. Rossiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, u aynan shunday kontent suratga olish uchun Moskvaga borgan.
U mamlakatni tark etish arafasida, aeroportda qo‘lga olingan. Politsiya bilan suhbat davomida bloger o‘z harakatlari uchun uzr so‘rab, bunday oqibatlar yuzaga kelishini kutmaganini bildirgan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘pchilik blogerlarning “prank” ortidan chegarani unutayotganini tanqid qilmoqda.





























Izohlar 0
…