12:05 / 28.04.2017
7 370

Qarzni qaytarmaslikning antiqa usulini o‘ylab topgan “tadbirkorlar”

Qarzni qaytarmaslikning antiqa usulini o‘ylab topgan “tadbirkorlar”
Toshkentda qarzni qaytarmaslikning antiqa usulini o‘ylab topgan “tadbirkorlar” qo‘lga olindi. Bu haqda 27 aprel kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi deb yozadi Qalampir.uz nashri.

2017 yilning 18 aprel kuni Dilshod Aripov ichki ishlar idorasiga talonchilik qurboniga aylanganini bildirib, jinoyatchilarni tutish yuzasidan ariza bilan murojaat etadi.

Uning ko‘rsatishicha, noma’lum shaxslar o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida Yakkasaroy tumani hududida uning boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobilni davlat raqamlari bo‘lmagan kulrang Matiz avtomashinasida siqib to‘xtatib, 86 million so‘m naqd pullarini egallab, voqea joyidan yashirinishgan.

Ushbu holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi Dilshod Aripov yuqoridagi pullarni qarzga olib, qaytarib bermaslik uchun sheriklari Alisher Komilov, Aziz Sharipov va Alisher Tursunov bilan birga uyushtirgani aniqlangan.

Hozirda Dilshod Aripov boshchiligidagi jinoiy guruhga yolg‘on xabar bergani uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzni qaytarmaslikning antiqa usulini o‘ylab topgan “tadbirkorlar”