Toshkentdagi yirik mebel sexlardan biri yonib ketdi

Toshkentdagi yirik mebel sexlardan biri yonib ketdi
26 aprel kuni soat 11:33 da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Toshkent shahar Olmazor tumaniTatarskiy povorot” va “Chuqursoy” ko‘chalari kesishuvida joylashgan “Black Door” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi yonayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Darakchi nashri xabar qilmoqda.
Ko‘rsatilgan manzilga soat 11:43 da 4 ta jangovar yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yong‘in sodir bo‘lgan manzilga etib bordi.

Yong‘in hududi ochiq alanga bilan yonayotgani ma’lum bo‘lgan.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in katta maydonga tarqalganligi inobatga olinib, qo‘shimcha ravishda yana 5 ta, jami bo‘lib 9 ta jangovar yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborildi.
Toshkentdagi yirik mebel sexlardan biri yonib ketdi
Tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in soat 12:24 da to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘in oqibatida “Black Door” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi va jihozlari jami bo‘lib 300 kv.metr maydon yonib ketgan.

Ayni damda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar