11:49 / 29.04.2017
6 659

Navoiyda narkobiznes fosh etildi

Navoiyda narkobiznes fosh etildi
Bugun narkotik moddalar, ularni iste’mol qilishning og‘ir oqibatlari, buning natijasida kelib chiqadigan kasalliklar haqida ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma’lumotlar berib kelinmoqda. Ammo, dunyo miqyosida foyda keltirishda narkotik savdosi eng yuqori o‘rinlarda turishi ayrim “tadbirkorlar”ni oson yo‘l bilan mo‘may daromad topishga hamon undamoqda. Bu haqda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Bekobodlik Sharafiddin Urinboyev narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari oz emas, naqd to‘rt marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan. Amnistiya aktiga ko‘ra, jazo muddati qisqartirilgan, jazo yengilrog‘iga almashtirilgan. Ammo kechirimli xalqimizning ishonchini suiiste’mol qilib, hali jozoni ijro etish muassasasida bo‘lgan vaqtidayoq o‘ziga jinoiy sherik qidirib, “do‘stlar” orttirgan.

Ozodlikka chiqqach esa, eski ishini davom ettiradi. U quruq holdagi narkotik moddalarini qayta ishlab, ulardan kuchli narkotik moddalarni tayyorlaydi. “Mahsulot” uchun xom-ashyoni jazoni ijro etish muassasasida tanishgan do‘sti Haydar Ummatovdan oladi. Tayyor “mahsulotni” tilla buyumlar evaziga almashib, keyinchalik tillalarni sotish orqali daromad olmoqchi bo‘ladi. Shu zaylda “tadbirkorlar” ishni boshlab yuborishadi.

Narkotik moddalarning mamlakatimizga noqonuniy olib kirilishi, olib chiqilishi va aylanishini oldini olish va fosh etish maqsadida bojxona xodimlari tomonidan doimiy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan xamkorlikda tadbirlar amalga oshirilayotganligi tufayli ularning jinoiy faoliyatiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Navoiy viloyati Karmana tumani hududida o‘tkazilgan giyohvand vositalari kontrabandasini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir davomida Sh.Urinboyev sariq rangli selofan paketga solingan giyohvand vositalarini sotayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspertiza-kriminologiya bo‘limining xulosasiga asosan B.Boltaevdan olingan narkotik modda “gashish” bo‘lib, og‘irligi 2 kg. 764 gr.ni tashkil etar ekan.

O‘tkazilgan tadbir yakuniga ko‘ra, jami 3,3 kg. “marixuana”, 2,7 kg. “gashish” giyohvandlik moddalari va 380 tup “kanoplya” o‘simligi qonunbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan Sud tomonidan aybdorlar Sh.Urinboyevga 10 yilu 6 oy va X.Ummatovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashlari belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda narkobiznes fosh etildi