
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 aprel kuni Qozog‘istonga tashrif buyurdi va Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining Axborot xizmati xabar berdi deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari va Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 22-23 mart kunlari Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiyadan neft olib kelish masalasida ko‘rsatgan yordami uchun qozog‘istonlik hamkasbiga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvlar yakunida ikki davlat rahbarlari Qozog‘iston-O‘zbekiston hamkorligining ijobiy dinamikasi saqlanishi va yanada rivojlanishiga ishonch bildirishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar