23:54 / 29.04.2017
6 549

Amerikalik o‘ta sovuqqon kassir internet foydalanuvchilarning hayratiga sazovor bo‘ldi (video)

Amerikalik o‘ta sovuqqon kassir internet foydalanuvchilarning hayratiga sazovor bo‘ldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari AQShning Kanzas-Siti shahridagi Jimmy John's tamaddixonasi kassirining o‘g‘rilik vaqtida o‘zini vazmin tutganini yuqori baholadilar.

26 aprelda yuz bergan va tamaddixonadagi kameraga yozib olingan voqea videosini YouTube’da mahalliy polisiya joylashtirdi. Videoda o‘g‘ri avval buyurtma berayotgani, so‘ngra yonidan to‘pponchani chiqarib, uni kassirning yuziga o‘qtagancha kassadagi pullarni berishni talab qilayotganini ko‘rish mumkin. E’tiborli jihati, bunday qaltis vaziyatda kassir o‘zini o‘ta sovuqqon tutib, pinagini ham buzmagan. Jinoyatchi kassadagi barcha pullarni olgach, tamaddixonadan chiqib ketgan.

Videoga YouTube va Twitter’da qoldirilgan izohlarda ko‘pchilik kassirning o‘zini vazmin tutishidan hayrat bildirgan. "Jiddiymi? Jimmy John's kassiri unga to‘pponcha o‘qtab turilganda hattoki joyidan jilmadi! Men hali bunaqasini ko‘rmagandim", deb yozmoqda foydalanuvchilardan biri. "Agar siz lug‘atni ochib, unda "vazmin" degan so‘zni topsangiz, ushbu so‘z oldida bu kassirning suratini ko‘rasiz", deb yozmoqda yana bir foydalanuvchi. Ba’zi foydalanuvchilar yigitning o‘zini vazmin tutishini u to‘pponcha nosoz yoki qalbaki ekanini bilgani bilan tushuntirishgan. "Ko‘rinishicha, to‘pponchaning zatvori ishlamay qolgan", deb ta’kidlamoqda yana bir foydalanuvchi.

Bu orada polisiyaning ma’lum qilishicha, o‘g‘ri qo‘lga olingan. U qurolli bosqinchiliklar uchun bir necha marotaba sudlangan, 54 yoshli Terri Reyford ismli kimsa bo‘lib chiqqan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikalik o‘ta sovuqqon kassir internet foydalanuvchilarning hayratiga sazovor bo‘ldi (video)