Namanganda 1 kilogrammdan ortiq gashish musodara qilindi

1 daqiqa o'qish40
Namanganda 1 kilogrammdan ortiq gashish musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida «Qo‘qon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshkent shahrida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Voyah rusumli avtomashina Namangan viloyati Pop tumanidagi «Namangan» YPX maskanida to‘xtatildi.

Avtomashina xoliclar ishtirokida tekshirilganda, salon o‘rindig‘i ostidagi qora rangli sellofan paketdan sof og‘irligi 1 kilogramm 178 gramm bo‘lgan «gashish» giyohvandlik moddasi topildi.

Shuningdek, 8 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositalari poytaxtdagi mijozlarga sotish maqsadida olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?