12:02 / 30.04.2017
8 292

Shomahmudovlar oilasi haykali Toshkent markaziga qaytariladi

Shomahmudovlar oilasi haykali Toshkent markaziga qaytariladi
Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haykali poytaxtga qaytariladi. Bu haqda «Nuz.uz» nashriga asoslangan holda Kun.uz xabar berdi.

2008 yilda Xalqlar Do‘stligi siymosi hisoblangan ushbu haykal Toshkent shahrining chekka qismiga ko‘chirilgan edi. Hozirda haykalni shahar markaziga qaytadan o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Shomahmudovlar oilasining haykali qaerga o‘rnatilishi borasida bir necha takliflar berilgan. Baynalminal milliy madaniyat markazi haykal Do‘stlik bog‘iga (sobiq Bobur)ko‘chirilishiga umid qilmoqda.

Qayd etish kerakki, hozirda Do‘stlik bog‘i oldi qismida joylashgan bino Respublika Baynalminal milliy madaniyat markazi hisoblanadi va bu erda barcha millatlararo turli bayram, marosimlar o‘tkazib kelinmoqda.

Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayzievning «Ego velichestvo Chelovek» romani asosida kinorejissyor Shuhrat Abbosovning «Sen etim emassan» kinosi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi. Asrab olingan bolalar orasida rus, belarus, moldavan, yahudiy, latish, tatar, qozoq millatlariga mansub bolalar bo‘lgan.

Xalqlar do‘stligi monumenti Toshkentda 1982 yilda o‘rnatilgan. Uning mualliflari — haykaltarosh D.B. Ryabichev va arxitektorlar L.T. Adamov, S.R. Odilov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shomahmudovlar oilasi haykali Toshkent markaziga qaytariladi