2017 yil 11 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori chiqqan edi. Bu haqda Qalampir.uz sayti yozmoqda.
Hujjat rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirishni ko‘zda tutadi. Aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida davlat idoralarida birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ushbu hujjat ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, Moliya vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, vazirlikda o‘tkazilgan ana shunday yig‘ilishda tuman (shahar) va viloyat moliya organlari, shuningdek, vazirlik markaziy apparatining 66 nafar mansabdoriga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Mehnat vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda esa aholi bandligi dasturi ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 34 nafar mansabdor shaxsga turli intizomiy jazo qo‘llanilgan, 8 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
Qayd etish joizki, rahbarlarning lavozimda qolish yoki qolmasligi masalasida ularning xalq dardini tinglash, odamlar muammolarini hal qilishga qaratayotgan e’tibori asosiy mezon sifatida ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi