
Hindistonda bir erkak shifoxonaga oyog‘i barmog‘idagi og‘riq bilan shikoyat qilgan. Shifokorlar erkakka oyog‘ini operasiya qilishni taklif qilishgan va uni rentgen qilishgan. Rentgen natijalari esa ko‘pni ko‘rgan shifokorlarni ham hayratlantirdi: aniqlanishicha, bemorning organizmida 75 ta igna bor bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ignalar bemorning qo‘l-oyoqlari, bo‘yin sohalarida bo‘lgan.
Erkak bu ignalar uning organizmiga qanday tushib qolganini bilmasligini aytgan. biroq shifokorlar bu ataylab qilinganini taxmin qilishmoqda. Ta’kidlanishicha, erkak mahalliy temir yo‘l kompaniyasida ishlaydi. Hozir u shifoxonaga yotqazilgan va shifokorlar kuzatuvi ostida qolmoqda.


Foto: dailymail.co.uk “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar