08:02 / 03.05.2017
7 740

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kaspiydagi dengiz kurortiga taklif qildi

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kaspiydagi dengiz kurortiga taklif qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevni "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga tashrif buyurish hamda shiddat bilan rivojlanayotgan dengiz kurorti imkoniyatlariga baho berishni taklif qildi. Turkmaniston Davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, 1 may kuni Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Turkmaniston prezidenti shunday tashabbus bilan chiqqan. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Shuningdek Turkmaniston rahbari Kaspiy dengizi sohilida joylashgan sog‘lomlashtirish markazlari, kottej majmualari va hashamatli mehmonxonalar o‘zbekistonliklarga xizmat ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi. Dengizning yod, brom kabi mikroelementlarga boyligi, hudud havosidagi foydali fitonsidlar inson salomatligi uchun muhim ekani alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevga Bolqon viloyatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning Turkmanistonga tashrif haqidagi taklifini qabul qilgan va tashrif sanasi diplomatik yo‘llar orqali kelishilishi ta’kidlangan, deyiladi Turkmaniston prezidenti matbuot xizmatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Kaspiydagi dengiz kurortiga taklif qildi