14:16 / 05.05.2017
12 805

O‘zbekistonda birinchi kosmetika zavodi ishga tushdi

O‘zbekistonda birinchi kosmetika zavodi ishga tushdi
Poytaxtimizda O‘zbekiston kosmetikasini ishlab chiqaruvchi birinchi zavod taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududida joylashgan Navoiy Beauty Cosmetics kompaniyasi Koreya kosmetika ishlab chiqaruvchilari uyushmasi va mamlakatning etakchi CNP Dream kompaniyasi bilan birga qo‘llab-quvvatlangan va yaratilgan.

U erda yiliga 3 million quvvatli zavod La Core brendi nomi ostida Koreya texnologiyalaridan foydalanib, 200 dan ortiq kosmetika turlarini ishlab chiqariladi. Kompaniyaning katalogida yuz, tana va soch uchun kosmetik mahsulotlar va hatto parfyumeriya taqdim etilgan.

“Bizning vazifamiz O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati Koreya kosmetikadan kam emasligini ta’minlash edi. Va men ishonaman, biz ikki yil ichida shunga erishdik. Albatta, sizning mamlakatingizda iqlim sharoitini o‘rganib chiqib, mahsulotlarni qayta ko‘rib chiqdik va tarkibiga qisman o‘zgartirishlar kiritdik. O‘zbekistonda kosmetika Koreya an’anaviy kosmetik moddalari – chig‘anoq, ilon zahari va qora ikra ekstrakti asosida ishlab chiqarilmoqda”, dedi Navoiy Beauty Cosmetics bosh direktori janob Kim.

Matbuot anjumanida zavod xodimlarini o‘qitishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Xodimlar doimiy ravishda Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya, Rossiya, Xitoy kabi rivojlangan mamkatlarda malaka oshirib, trening o‘tmoqdalar. Bundan tashqari, La Core kompaniyasi Toshkent farmasevtika instituti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzoladi. Bu hujjat doirasida La Core kompaniyasi ko‘magida Toshkent farmasevtika instituti xo‘jaligida kosmetika ishlab chiqarish sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurs va ilmiy-texnik laboratoriya ochish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda birinchi kosmetika zavodi ishga tushdi