AQShning Kanzas-siti shahrida joylashgan akvaparkdagi dunyodagi eng baland tepalikda 2016 yilda halok bo‘lgan bola oilasi qariyb 20 million dollar oladi. Bu haqda Kansas City Star gazetasi sud hujjatlariga asosan yozmoqda.
Hodisa o‘tgan yilning avgust oyida Schlitterbahn Water Park akvaparkida yuz bergan. Shtat vakillar palatasi a’zosining o‘g‘li bo‘lgan o‘n yoshli bola uzunligi 51 metr bo‘lgan suv tepaligidan tushib, bo‘ynidan jarohat oldi va hayotdan ko‘z yumdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan bola oilasi umumiy hisobda 19,7 million dollar oladi. Ushbu summaning katta qismi – 14 million dollar – akvaparkka asos solgan Schlitterbahn kompaniyasi bilan aloqador bo‘lgan SVV 1 va KC Water Park kompaniyalari tomonidan to‘lab beriladi.
Avvalroq Kanzas-siti shahridagi akvapark rahbariyati ro‘y bergan holatdan so‘ng dunyodagi eng baland tepalikni buzib tashlashga qaror qilgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»