
Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, poytaxtimiz va butun mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan yirik loyihalar taqdimotlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda Qalampir.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Navbatdagi manzil tumandagi “Artel” zavodi bo‘ldi. Bugungi kunda “Artel” brendi ostida muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, kondisioner, mikroto‘lqinli pech, changyutgich, qo‘l telefoni kabi eng so‘nggi rusumdagi maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda.
Prezident zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Mahsulotlar turi, sifati va ishchi o‘rinlari bilan qiziqdi.
Shu erda “Artel” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Davlat rahbari ko‘rgazma bilan tanishib, mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar