11 454
Gitlerning «Orqadan zarba» rejasi o‘zbek razvedkachisi tomonidan to‘xtatib qolingan edi (hujjatli film)
«Barbarossa» rejasi haqida ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak. 1940—1941 yillarda ishlab chiqilgan ushbu rejada Germaniyaning sobiq ittifoqqa harbiy hujumi bosqichma-bosqich bayon etilgan. Bu haqda Kun.uz xabar beradi.
Mazkur rejaga ko‘ra, nemis fashistlari 1942 yilning qishigacha sobiq ittifoqni bosib olishlari kerak edi. Ammo u barbod bo‘lgandan so‘ng, Hitler raqibini boshqa tarafdan kuchsizlantirishni maqsad qiladi va O‘rta Osiyo hamda Afg‘oniston hududlaridagi muhim o‘choqlarda qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish, nemis desantchi kuchlarining O‘rta Osiyoga joylashishlari uchun hudud tayyorlashga qaratilgan «Orqadan zarba» rejasini ishlab chiqadi. Biroq ushbu reja ham yo‘qqa chiqariladi. Bunda o‘zbek razvedkachisi Bahrom Ibrohimovning xizmatlari beqiyosdir.
Bu gaplar osmondan olib gapirilayotgani yo‘q. Sobiq ittifoq, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Afg‘onistondagi elchilari talabiga ko‘ra, hibsga olingan Germaniyaning Afg‘onistondagi elchisi Pilger Moskvadagi so‘roqlar paytida bu haqda shunday degan edi: «Afg‘onistonda o‘zbek razvedkasi nemis razvedkasi ustidan g‘alaba qozondi. Oyqorli (Bahrom Ibrohimov) uchinchi front ochilishini barbod qildi».
Afsonaviy rus razvedkachisi Rixard Zorge Bahrom Ibrohimovni xotirlab shunday yozadi: «Bizning sharqiy chegaralarda «po‘lat qo‘l» ishlayapti. Toki u bor ekan uchinchi front hargiz ochilmaydi». Shu o‘rinda ikkinchi jahon urushi vaqtida butun ittifoq razvedkachilari orasida faqat o‘zbeklardangina xoin chiqmagan. Vatanning bu kabi sodiq farzandlari safining avvalida Jizzax viloyati, Baxmal tumani, O‘smat qishlog‘ida tavallud topgan Bahrom Ibrohimov turadi.
Bu ma’lumotlar o‘tgan yillar mobaynida nima uchun sir tutilib kelganini tushunasiz, deb o‘ylaymiz. Bugun ularni ommaga oshkor qilish vaqti etdi. Toki xalq o‘zining qahramonlarini bilsin, tanisin! Quyidagi hujjatli filmda o‘zbek razvedkachisining hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi. Film ijodkorlari: Abdukarim Mirzaev, Baxtiyor Karimov (ssenariy mualliflari), Dilmurod Masaidov (rejissyor). Said Abdulaziz Yusupov (g‘oya muallifi va loyiha rahbari).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»