Dorixona litsenziyasi uchun 6 mln so‘m so‘ragan mansabdor qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida yangi dorixona filialini ochmoqchi bo‘lgan tadbirkordan litsenziya masalasini hal qilib berish evaziga pul talab qilingani aytilmoqda. Holat yuzasidan mas’ul xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tadbirkor litsenziya olish uchun murojaat qilgan
Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkor yangi dorixona filiali ochish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasiga litsenziya olish uchun ariza bergan.
Biroq litsenziyalash jarayonida markaz xodimi undan pul talab qilgani aniqlangan.
6 million so‘m so‘ralgan
Ma’lum qilinishicha, Markazning litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorga litsenziyani mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga u 6 million so‘m so‘ragan.
Pulning bir qismi olingan
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xodim talab qilingan pulning 4 million so‘mini olgan.
Biroq qolgan 2 million so‘m berilmaganidan so‘ng, tadbirkorning litsenziya olish bo‘yicha so‘rovnomasiga rad javobi berilgan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan markaz xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Unga Jinoyat kodeksining:
168-moddasi;
25, 211-moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Ayni paytda holatning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…