970 gramm narkotikni qazib olayotgan xorijlik qo‘lga olindi (video)

970 gramm narkotikni qazib olayotgan xorijlik qo‘lga olindi (video)

Toshkent viloyatida sintetik giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi narkotik moddani xufiya joydan olib ketishga uringan xorijlik qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Ohangaron tumanida maxsus tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Yaqin Sharq davlatlaridan birining 1994 yilda tug‘ilgan fuqarosi dala maydonidagi oldindan yashirib qo‘yilgan xufiya joydan 970 gramm “mefedron” sintetik giyohvandlik moddasini qazib olib, uni olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchining Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha yashab kelayotgan xonadoni ko‘zdan kechirildi. Tintuv davomida 2 dona elektron tarozi, termoizolenta hamda giyohvandlik vositalarini qadoqlash va tarqatishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar