
Bugun, 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Prezident Shavkat Mirziyoyev turmush o‘rtog‘i bilan hozirgina Pekin xalqaro aeroportida kutib olindi. Bu Prezidentning Xitoyga ilk tashrifi hisoblanadi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.
Qayd etish kerak, tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Xitoyning etakchi kompaniya va firmalari vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda o‘zaro foydali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Yakunda esa 20 mlrd dollarli shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar