Abituriyentlar uchun test sinovi ruxsatnomalari berila boshlandi

2026–2027 o‘quv yili uchun davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida qatnashadigan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar shakllantirildi.
Abituriyentlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishi mumkin. Buning uchun shaxsiy identifikatsiya raqami, ya’ni JSHSHIR hamda pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.
Test sinoviga borishda abituriyentlar pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi va ruxsatnomani o‘zi bilan olib borishi shart. Ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmasdan yetib borish kerak.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjat bilan kelgan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi. Shuningdek, test sinoviga kechikkanlar ham jarayonda ishtirok eta olmaydi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…