8 iyul kuni Yunusobodning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

8 iyul kuni Yunusobodning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Yunusobod tumani 10-mavzesidagi yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida ta’mir ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan 8 iyul kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha tumanning qator hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Gazsiz qoladigan hududlar:

• Yunusobod 2–19-mavzelari
• «Anorzor», «Shahriston», «Kulolqo‘rg‘on», «Yo‘lariqa», «Turkiston», «Bobodehqon», «Oqtepa», «Obod», «Posira», «Otchopar 1» va «Otchopar 2» mahallalari
• Registon, Mirzaahmedova, Moyqo‘rg‘on, Binkat va Bog‘ishamol ko‘chalari

Shuningdek, tumandagi 8 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi hamda kichik va o‘rta biznes korxonalarida ham gaz ta’minoti cheklanadi.

Quyidagi mahallalarda esa gaz bosimi pasayishi mumkin:

• «Yunusobod»
• «Posira»
• «Xiyobontepa»
• «Bodomzor»
• «Shivli»
• «Firdavsiy»
• «Yangitarnov»
• «M. Ulug‘bek»
• «Buyuk Turon»
• «Bo‘zsuv»
• «Iftixor»
• «Jomiy»
• «To‘raqo‘rg‘on»
• «Yangiariq»
• «Usta Shirin»

Ta’mir ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar