Yangiyo‘lda issiqxonada kannabis yetishtirgan shaxs aniqlandi

Yangiyo‘lda issiqxonada kannabis yetishtirgan shaxs aniqlandi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida kannabis o‘simligini noqonuniy yetishtirish holati aniqlandi.

DXX va IIV xodimlari giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida muqaddam sudlangan mahalliy fuqaroni tekshirgan.

Ma’lum qilinishicha, 1973 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z hovlisida issiqxona tashkil qilib, u yerda 22 tup kannabis o‘simligini parvarishlab kelgan.

Aniqlangan o‘simliklar belgilangan tartibda olib qo‘yilgan. Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar