Zangiotada xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 8 iyul kuni soat 18:52 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumani Narimon Xojiboyev ko‘chasida joylashgan uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan harakatlar natijasida yong‘in soat 19:32 da o‘chirilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…