Toshkentda issiq sabab avtobuslarning balonlari ham shikastlanayotgani aks etgan tasvirlar tarqaldi

Toshkentda issiq sabab avtobuslarning balonlari ham shikastlanayotgani aks etgan tasvirlar tarqaldi

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq havo fonida ijtimoiy tarmoqlarda avtobus g‘ildiragi aks etgan tasvir tarqaldi. Unda transport vositasi shinasi kuchli deformatsiyaga uchragani ko‘rinadi.

Kadrlarda g‘ildirakda katta "churra" hosil bo‘lgani aks etgan. Bunday holatda transportdan foydalanish xavfli bo‘lishi mumkin, chunki shina harakat vaqtida yorilib ketish ehtimoli bor.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu holatni so‘nggi kunlardagi jazirama issiq bilan bog‘lamoqda. Biroq shina aynan nima sababdan deformatsiyalangani haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Mutaxassislar bunday vaziyatlarda transport vositasini yo‘lga chiqarmaslik, shina holatini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va nosozlik bartaraf etilmaguncha undan foydalanmaslik zarurligini eslatadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar