Jizzaxda garovdagi BMW avtomashinasi xatlandi

Jizzaxda garovdagi BMW avtomashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi ish yurituvida “Alfa mikromoliya” korxonasi foydasiga qarzdordan 130 million so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan “BMW” rusumli avtomashina davlat ijrochisi tomonidan xatlovga olindi.

Qarzdorga sud hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish va qarzdorlikni belgilangan muddatda qoplash yuzasidan bir necha bor tushuntirish ishlari olib borilganiga qaramasdan, ijro hujjati talablari bajarilmagan. Shu sababli qonunchilik talablariga muvofiq garov mulki xatlanib, keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

Majburiy ijro byurosi fuqarolar va yuridik shaxslarni sud hujjatlari hamda boshqa ijro hujjatlari talablarini o‘z vaqtida bajarishga chaqiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar