Toshkentda transformator kuchli portlagani aks etgan video tarqaldi (video)

Toshkentda transformator kuchli portlagani aks etgan video tarqaldi (video)

Toshkentda transformatorda kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Voqea videoga tushib qolgan.

Kadrlarda avval yorqin chaqnash ko‘rinadi, ortidan kuchli qarsillash ovozi eshitiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tovushni yaqin atrofdagi ko‘p qavatli uylar aholisi ham eshitgan.

Hozircha hodisa qayerda va qachon yuz bergani, portlashga nima sabab bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, jabrlanganlar bor-yo‘qligi va elektr ta’minotiga ta’siri bo‘yicha ham ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar