“Qamchiq” dovonida Lacetti avtomobili buntunlay yonib ketdi

“Qamchiq” dovonida Lacetti avtomobili buntunlay yonib ketdi

"Qamchiq" dovonida Lacetti rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 11 iyul kuni A-373 "Toshkent–Vodiy" avtomobil yo‘lida yuz bergan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina temir to‘siqqa borib urilgan.

Urilish oqibatida avtomobilning elektr qismida qisqa tutashuv paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng Lacetti yona boshlagan.

Haydovchi mashinadan vaqtida chiqib ketgani aytilmoqda. Qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etgan.

Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va hodisaning boshqa tafsilotlari aniqlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar