Samarqandda kuchli yong‘in: «Saturn» ombori atrofini qora tutun qopladi

Samarqandda kuchli yong‘in: «Saturn» ombori atrofini qora tutun qopladi

Samarqand shahridagi Temirbozor orti, xalq orasida «Saturn» ombori nomi bilan tanilgan hududda kuchli yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Guvohlarning aytishicha, yong‘in vaqtida osmonga qalin qora tutun ko‘tarilgan. Voqea joyidan olingan foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez sur’atlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yuz bergan hududga favqulodda vaziyatlar xizmati ekipajlari yetib borgan va yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan.

Hozircha yong‘inning kelib chiqish sabablari, jabrlanganlar bor-yo‘qligi hamda yetkazilgan moddiy zarar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Mas’ul idoralar holat yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar