
Agentlikning Facebookdagi sahifasida xabar berilishiga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya orasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, “Mosgortrans” avtobuslarida ishlash uchun 1 ming nafar o‘zbekistonlik avtobus haydovchilari tanlab olinadi.
“Nomzodlar “D” haydovchilik kategoriyasiga ega bo‘lishi, rus tilini yaxshi bilishi, sinchikov bo‘lishi hamda korxona mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi kerak”, — deyilgan xabarda. Shartnomada 3 oylik sinov muddati ko‘zda tutilgan. Haydovchilar maoshi 43 mingdan 60 ming rublgacha belgilangan. Haydovchiga qo‘yilayotgan talablardan yana biri, uning aholi zich yashaydigan hududlardagi ish tajribasi 1 yildan ko‘p bo‘lishi kerak. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu vakansiya bilan qiziqqan nomzodlarni agentlikning mahalliy bo‘limlariga murojaat qilishni so‘raydi.
Manba: sputniknews-uz.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar